“Uz-SaeMyung Co” 2023-yil 20-iyun kuni Andijon shahri say ko’chasi 5-uyda o’tkaziladi.  Jamiyatning elektron manzili: info.@uzsmg.uz

Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi o’tkazilganligi to’g’risida 2023-yil 31-mayda xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestri shakllantirilgan sana.

Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun aksiyadorlar reyestri shakllantirilgan sana 2023-yil 15-iyun.

Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig’ilishining kun tartibi:

  1. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining raisi va kotibini saylash.
  2. Hisob komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  3. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  4. Kuzatuv Kengashining 2022-yil yakunlari bo’yicha bajarilgan ishlar to’g’risidagi hisobotini eshitish.
  5. 2022 – yilda ijro etuvchi organning jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha hisobotini eshitish.
  6. Taftish komissiyasining 2022-yil yakunlari bo’yicha hisobotini ko’rib chiqish, shuningdek, 2022-yilning 4-choragi uchun jamiyat filiallari bilan tuzilgan bitimlar to’g’risidagi xulosalarni eshitish.
  7. 2022 yil uchun yillik buxgalteriya hisoboti, buxgalteriya balansi va jamiyatning moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobotni ko’rib chiqish.
  8. 2022-yil uchun jamiyat faoliyatini tekshirish natijalari bo’yicha tashqi auditorlik tashkilotining xulosasini ko’rib chiqish.
  9. 2022-yil yakunlari bo’yicha jamiyatning sof foydasini taqsimlash va dividendlar to’lash tartibini ko’rib chiqish.
  10. Auditorlik tashkilotining KPI ko’rsatkichlari va hisob-kitoblari bo’yicha hisobotini ko’rib chiqish
  11. Korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari va korporativ boshqaruv kodeksining 2022 yil yakunlari bo’yicha tavsiyalariga muvofiqligi to’g’risida xulosa.
  12. Jamiyat ijro etuvchi organining vakolatlarini uzaytirishni tasdiqlash.
  13. Jamiyatning 2023 yilgi biznes-rejasini tasdiqlash.
  14. 2023-yil uchun tashqi audit o’tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini aniqlash masalasini ko’rib chiqish, uning xizmatlari uchun to’lovning cheklangan miqdorini aniqlash.
  15. 2023-yil uchun affillangan shaxslar ro’yxatini ko’rib chiqish va aksiyadorlarning navbatdagi navbatdagi umumiy yig’ilishiga qadar joriy xo’jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan affillangan shaxslar bilan bitimlarni oldindan tasdiqlash.

Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rayotganda aksiyadorlarga taqdim etiladigan ma’lumotlar bilan quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin: Andijon shahar Sayskaya 5-uy, “Uz-SaeMyung Co.”Telefon: (74) 222 40 68.

Aksiyadorlar yoki aksiyadorlarning vakillari – ular bilan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, ishonchnoma bo’lishi kerak.

Ro’yxatdan o’tishni boshlash: 12-00 dan 12-30 gacha.

 

 

           Hurmat bilan,

           AJ “Uz-SaeMyung Co.” Kuzatuv Kengashi