AJ “Uz-SaeMyung” Co qo’shma korxonasi  boshqaruv raisinig

MUROJAATI

 

Hurmatli hamkasblar va hamkorlar!

Bugungi kunda mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalaridagi korrupsiyaviy holatlarni oldini olish hamda unga qarshi kurashish borasida keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda.

Shu munosabayi bilan korxonamizda ham “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq kodeksi”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” kabi 15 dan ortiq korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki meʼyoriy hujjatlar va tartib-qoidalar qabul qilindi.

Shuningdek, biznes munosabatlarida  manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishda preventiv choralarni kuchaytirish va mazkur yoʻnalishdagi bilimlarni oshirish maqsadida ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Jamoamiz bilan Oʻzbekiston xalqi va hamkorlarimiz oldidagi korxonamizga yuklangan masʼuliyatni anglagan holda korrupsiyaning har qanday koʻrinishi va holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha barcha saʼy harakatlar amalga oshirilmoqda.

AJ «Uz-SaeMyung» Co QK oʻz navbatida, oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni vijdonan bajarilishi va qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini kafolatlaydi.

Barchani, ayniqsa hamkasb va hamkorlarimizni ish yuritishda xalqaro standartlarga hamda korrupsiyaga qarshi tamoyillarga rioya qilishga va shubha tugʻilgan taqdirda, ehtimoliy qonunbuzarliklar haqida bizga xabar berishga yana bir bor chorlab qolamiz.

Hurmat bilanKorxona bosh direktori

 

“Uz-SaeMyung Co” AJdagi aloqa kanallari to‘g‘risida
MA’LUMOT

 

 

T/r Aloqa kanali turi Aloqa kanali manzili (havolasi) Tashkil etilgan vaqti
1. Elektron pochta tarmog‘i m.akbaraliyev@uzsmg.uz 2023 yil
2. Telegramm ijtimoiy tarmog‘i https://t.me/UzSaeMyungCo_bot 2023 yil
3 Ishonch telefoni +99874 222-40-68 2022 yil
4 Rasmiy veb-saytdagi
aloqa kanali
http://uzsmg.uz/ 2015 yil